Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori, professor Otabek Nurmatovning Kun.uz ga bergan intervyusida ma`lui qilishicha, O`zbekistonda har 100 ming aholidan 102 kishi ushbu yuqumli kasallikka chalingan. Qiyoslash uchun aytiladigan bo`lsa, Rossiyada bu raqam 500 ni, Ukrainada 280 dan ortiqni tashkil etadi.
Uning aytishicha, har yili O`zbekiston aholisining salkam 11 foizi, ya`ni 3,4 mln kishi OITS/OIV tahlilidan o`tadi. Bunda xorijiy mamlakatlarda bo`lib kelgan o`zbekistonliklar orasida ushbu kasallikni yuqtirish holatlari tobora ko`paymoqda. Nurmatov qayd etganidek, har yili tekshirilayotganlarning 300 mingdan ortig`i xorijda bo`lib qaytayotganlar bo`lsa, ularning kasallikka chalinganlarining 75-80 foizi OIVni jinsiy yo`l bilan yuqtirmoqda.






