–Burnim kattaroq uni jarrohlik amaliyoti yordamida kichiklashtirish mumkinmi? Burunni kichik qilib ko`rsatuvchi pardoz usullari-chi, foyda beradimi?
Malika
–Burun shaklini o`zgartirish amaliyoti plastik jarrohlikda rinoplastika deb ataladi. Amaliyotning murakkabligi – natijasi har doim ham qoniqarli bo`lmasligidadir. Sizning holatingizda, avvalo, burun shaklidagi yoqmaydigan taraflarini tahlil qilish kerak. Masalan, suyagi katta yoki uch qismi kengayganmi, burun teshiklari yirikmi? Shularni ko`rmay turib, aniq tavsiya berolmaymiz. Shu bois plastik jarroh ko`rigidan o`tishingiz va o`zaro maslahatlashgan holda bir to`xtamga kelishingiz kerak. Pardoz masalasiga kelsak, yirik jingalakli turmakdan foydalanish burunni nisbatan kichik ko`rinishiga xizmat qiladi. Burun qanotlariga to`qroq tonal krem, burun markaziga esa oq upa surtish orqali ham bu nuqsonni bartaraf qilish mumkin.






