AsosiyJamiyat

Yurtimizning har bir istirohat bog`ida kitob do`koni tashkil etiladi

Bugun Milliy matbuot markazida “OAV, nashriyot va matbaa faoliyatini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jarayonlari” mavzuida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Tadbirda O`zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori A.Yunusov joriy yilda har bir istirohat bog`ida bitta kitob do`koni tashkil etilishini ma`lum qildi.

2013 yilning fevral va sentyabr oylarida Agentlik viloyat hokimliklari va “O`zkitobsavdota`minot” tashkiloti bilan hamkorlikda respublika shahar, tumanlarida 98 ta yangi kitob do`konlari ochilishini tashkil etdi.    

Eslatib o`tamiz, Adabiyotga e`tibor - kelajakka, ma`naviyatga e`tibor shiori ostida har yili an`aviy tarzda o`tkazib kelinayotgan Kitob bayrami bu yil 22-23 may kunlari bo`lib o`tadi. O`tgan yili ayni ana shu tadbirda 300 mingdan ziyod kishi ishtirok etgan.

 

    Boshqa yangiliklar