AsosiyDunyo

Rossiya mamlakatdagi barcha AQSh kompaniyalarini musodara qilmoqchi

Federasiya kengashi Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo`llanilgan taqdirda, mamlakat ham qarab turmay zudlik bilan javob qaytarishini ma`lum qildi.

Bu haqda Federasiya kengashining Konstitusion qonunchilik bo`yicha qo`mita rahbari Andrey Klishas ma`lum qildi.

“Agarda g`arb mamlakatlari va Evropa ittifoqi mamlakatimizning Ukrainada fuqarolarni himoya qilish bilan bog`liq faoliyati uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo`lashsa, shunga yarasha biz ham chora ko`ramiz. Biz qonun doirasida javob qaytarib, AQSh hamda sanksiyaga qo`shilgan davlat kompaniyalari aktivlari, mol-mulki va hisob raqamlarini musodara qilishimiz mumkin”,-deydi Andrey Klishas. 

Hozir bu borada qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Yaqin kunlarda qonun loyihasi prezident va hukumatga chet el kompaniyalarining mol-mulkini musodara qilish, hisob raqamlarini esa muzlatib qo`yish vakolatini taqdim etadi. 

“Biz Rossiyaga nisbatan qo`llanilgan har qanday sanksiyalarni javobsiz qoldirmaymiz. Salomga yarasha alik bo`ladi”,-deydi Klishas. 

Eslatib o`tamiz, 4 mart kuni AQSh Ukrainada bo`lib o`tayotgan voqealar sabab Rossiya bilan savdo va investision muzokaralarni hamda harbiy hamkorlikni to`xtatgan edi. Shuningdek, Rossiya Federasiyasining Ukraina hududiga kirishiga nisabatan "Katta sakkizlik" davlatlari  joriy yilning iyun oyida Sochi shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan G8 sammitiga tayyorgarlik ishlarini to`xtatishga qaror qilishdi. 

    Boshqa yangiliklar