AsosiySUG'DIYONA

ShAMOLLAGANDA... O`ZINGIZGA YoRDAM KO`RSATING

'ShAMOLLAGANDA... O`ZINGIZGA YoRDAM KO`RSATING 'ning rasmi
  • Qaynoq sutga bir Osh qoshiq sariyog` solib ichish yoxud sutni ichimlik sodasi bilan (bir piyola sutga yarim choy qoshiq nisbatida) iste`mol qilinsa, tomoqni yumshatib, yo`talni qoldirishga, balg`am ko`chirishga moyillik yaratadi;
  • Orasiga sariyog` yoki dumba qo`yib pishirilgan behi va sholg`om quruq yo`talga foyda qiladi;
  • Anjir mevasi, qoqi damlamasi tomoqni yumshatadi, isitmani tushiradi, ter haydash xususiyatiga ega, balg`am ko`chiradi;
  • Tumovning boshlanish chog`ida bosh piyoz yoxud sarimsoq piyozni kesib, tez-tez hidlab turish ham dard zo`rayishining oldini oladi;
  • Teng miqdorda piyoz bo`tqasi, olma ezilmasi va asalni aralashtirib, kuniga 2-3 mahal 2-3 qoshiqdan iste`mol qilinsa, tomog` yallig`lanishida shifo topish mumkin.

Safar Muhammadning «Salomatlik va go`zallik sirlari» kitobidan

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Boshqa yangiliklar