O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xalqaro tadqiqotlar axborot-tahliliy markazi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda boshqa idoralar vakillaridan iborat mamlakatimiz delegasiyasi besh kunlik tashrif bilan -Germaniya Federativ Respublikasida bo`ldi.
Tashrif doirasida xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar o`tkazildi. Xorijlik mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar haqida o`z fikr-mulohozalarini bildirishdi.Germaniya Bundestagi deputati, XDI/XSI partiyalari parlamentdagi fraktsiyasi a`zosi Yoaxim Prayfer “O`zbekiston Markaziy Osiyoning “yangi iqtisodiy yo`lbarsi”ga aylanish uchun barcha imkoniyatga ega”, dedi. Uning so`zlariga ko`ra, Germaniya biznes hamjamiyati muqobil energetika, axborot texnologiyalari, sog`liqni saqlash hamda turizm singari istiqbolli sohalarda qo`shma loyihalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishga katta qiziqish bilan qaramoqda.






