Bu dahshatli voqea Migichan shtati Sagino shahrida sodir bo`ldi. Mahalliy kichik do`konlarning biriga uysiz kishi qahva o`g`rilash niyatida tashrif buyuradi.
Voqea joyiga etib kelgan polisiya jinoyatchini qo`lga olish o`rniga unga qarata 47 ta o`q uzadi. Lacknowledge nashrining xabariga ko`ra, sud o`q uzgan polisiya xodimlarini aybsiz deb tan olgan.
Polisiya tomonidan o`ldirilgan kishi Milton Xoll bo`lib, voqea joyiga o`rnatilgan kameralarga tushgan tasvirlarga ko`ra u qahvani yaxshi ko`ruvchi uysiz kimsa bo`lgan. Pichoq bilan qurollangan Xoll ruhiy xastalik bilan og`rigan.
Polisiya xodimlari u bilan muzokaraga kirishga harakat ham qilishmagan. Vaziyatni baholab, ular Xollga qarata o`q uzishgan.
Do`konga bir qancha tashrif buyuruvchilar bo`lgan voqeani mobil telefonlarida tasvirga tushirishgan. Xollning qarindoshlari 9 nafar polisiya xodimlarini noqonuniy qurol ishlatishda ayblab, sudga murojaat qilishdi.
Kameraga tushirilgan tasvirga ko`ra, Xollga 6 nafar polisiya xodimi o`q uzgan. Ajablanarli tomoni shundaki, polisiyachilar Xollni juda ham yaxshi tanishgan. U polisiya ro`yhatida bir necha yildan beri turadi. Xollning ruhan sog`lom emasligi ham polisiyaga ma`lum edi.
Sud polisiya xodimlarini faqatgina asossiz harakatda aybladi va hech qanday jazo bermadi. Federal hukumat esa polisiya xodimlarini qotillikda ayblash uchun dalillar etarli emasligini ma`lum qildi.





