AQSh Ukrainada bo`lib o`tayotgan voqealar sabab Rossiya bilan savdo va investision muzokaralarni to`xtatdi. Bu haqda jurnalistlarga AQSh savdo vakili Maykl Fromanning matbuot kotibi xabar berdi.
Biz iqtisodiy aloqalarni yaxshilash uchun Rossiya bilan kutilayotgan savdo va investision muzokaralarni to`xtatdik, - deydi savdo vakili.
Shuningdek, yuqorida aytilgan sabablarga ko`ra AQSh mudofaa vazirligi ham Rossiya bilan harbiy hamkorlikni ham to`xtatdi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi xabar berdi.
Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar bilan hamkorlikni yuqori baholaydi, biroq so`nggi paytlar Ukrainada bo`lib o`tayotgan voqealar sabab biz AQSh hamda Rossiya orasidagi harbiy hamkorlikni to`xtatdik, - deydi Pentagon vakili.
Jon Kirbining so`zlariga ko`ra, AQSh harbiylari Evropa va O`rta er dengizidagi dislokasiya joylarida qolishadi.





