“Golos” loyihasida barchani mehrini qozongan hamyurtimiz Sevara Nazarxon Rossiyaning birinchi kanalidagi yangi “Toch-v-toch” shousida qatnashdi.
Sevara shouning birinchi bosqichida angliyalik pop-xonanda Shadening taronasini ijro etib, 23 ball to`pladi.
Hakamlar hay`ati a`zolari Leonid Yarmolnik, Gennadiy Xazanov va Lyubov Kazarnovskaya Sevaraning ishtirokini yuqori 5 ballga, Maksim Averin hamda Elena Vaenga esa 4 ballga baholashdi. Shu tariqa Sevara Nazarxon 23 ball bilan 5 o`rinni egalladi.
Loyihada shuningdek, Irina Dubsova, kichik Vladimir Presnyakov, Dmitriy Koldun, Jasmin, Natalya Podolskaya, Natali, Tatyana Bulanova, Vitas, Elena Vaenga, Yuriy Galsev va Renat Ibragimovlar ishtirok etishdi.





