KXDR sharqiy sohillarida yana ikkita raketa qisqa masofaga uchirildi. Bu haqda Vesti.ru sayti Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, gap Koreya xalq armiyasiga tegishli Scud-C raketalari haqida bormoqda. Ularning uchish masofasi 500-600 kmni tashkil qiladi, deya xabar beradi ITAR-TASS axborot agentligi. Ushbu raketalar ularga Janubiy Koreya va Yaponiya hududiga tegishli erlarni nishonga olish imkonini beradi.
Ma`lumotlarga ko`ra, bu Janubiy Koreya hamda AQSh harbiylarining Koreya g`arbida o`tkazayotgan o`quv-mashg`ulotlari bilan bog`liq. Pxenyan bu harbiy o`quv-mashg`ulotlarni KXDRga kirish uchun tayyorgarlik deya atadi.





