AsosiyJamiyat

ROSSIYa VA FRANSIYaDA SAQLANAYoTGAN QADIMIY QO`LYoZMALARNING FAKSIMILE NUSXALARI O`ZBEKISTONGA TOPShIRILADI

'ROSSIYa VA FRANSIYaDA SAQLANAYoTGAN QADIMIY QO`LYoZMALARNING FAKSIMILE NUSXALARI O`ZBEKISTONGA TOPShIRILADI'ning rasmi

28-29 noyabr kunlari Toshkentda “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi bo`lib o`tadi.

Dunyo ilm-fan jamoatchiligining etkachi vakillari, muzey, kutubxona, ilmiy institut va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mahalliy olim hamda ekspertlar ishtirok etadigan mazkur tadbirda “O`zbekiston madaniy merosi” media-loyihasining “Sharq yozma yodgorliklari durdonalari” nomli yangi turkum kitobining taqdimoti bo`lib o`tadi.

Tadbir doirasida hozirda asl nusxalari Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti hamda Fransiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan, o`ziga xos texnologiyalar asosida, qo`l mehnatidan foydalangan holda, maxsus qog`oz va haqiqiy oltindan tayyorlangan bebaho qadimiy qo`lyozmalarning faksimile nusxalari O`zbekiston hukumatiga tantanali ravishda topshiriladi.

Ushbu qadimiy qo`lyozmalar quyidagilardir:

- “Katta Langar” Qur`oni;

- “Devoni Husayni”;

- “Poklik bog`i”;

- “Temur tuzuklari”.

Qo`lyozmalari O`zbekiston hukumati vakillariga topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar