AsosiyJamiyat

TOShKENT METROPOLITENI 40 YoShDA

'TOShKENT METROPOLITENI 40 YoShDA'ning rasmi

Bundan 40 yil avval ko`hna Toshkent rivojlangan zamonaviy shaharlar qatoridan o`rin egalladi. Murakkab davrda respublika rahbariyati, xususan, buyuk davlat arbobi Sharof Rashidovning tashabbusi bilan O`rta Osiyoda yagona Toshkent metropoliteni bunyod etildi. Ko`p yillik mashaqqatli mehnat samarasida 1977 yilning 7 noyabr kuni birinchi metro qat`iy jadval bo`yicha harakatlana boshladi.

Mamlakatimiz transport tizimida muhim o`rin tutadigan Toshkent metropoliteni qulayliklar yaratish, yo`lovchilarni tashish xavfsizligini ta`minlash va ularga xizmat ko`rsatish madaniyatini yuksaltirish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Chilonzor, O`zbekiston va Yunusobod liniyalaridan iborat Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 39 kilometrni tashkil etadi. Metropoliten 29 bekatdan iborat. Ushbu transport xizmatidan kuniga 200 mingga yaqin yo`lovchi foydalanadi.

Mutaxassislar ma`lumotiga ko`ra, o`tgan muddat davomida 4 milliarddan ziyod yo`lovchiga xizmat ko`rsatildi. Toshkent metropoliteni bekatlarini loyihalashda eng malakali arxitektorlar, rassom va me`morlar ishtirok etgan. Mustaqillik yillarida metropoliten chiroyli tashqi va ichki dizayn, qulay va yuqori xavfsizlik tizimiga ega bo`lgan vagonlar bilan ta`minlanmoqda. Bu borada Toshkent yo`lovchi vagonlari qurish va ta`mirlash zavodida metro vagonlarini kapital ta`mirlash, qayta tiklash, ularning xizmat ko`rsatish muddatini uzaytirish ishlari samarali amalga oshirilayotganini alohida ta`kidlash kerak.

    Boshqa yangiliklar