Prezidentning “Yoqilg`i-energetik resurslar va boshqa yuqori likvidli mahsulot bilan ta`minlash sohasida talon-taroj va sui`stemol qilish sharoitlariga keskin barham berish, debitor va kreditor qarzdorlikni qisqartirish, raqobat muhitini takomillashtirish choralari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.
Qarorga muvofiq 2018 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari, tashkilotlar va hukumat komissiyalarining mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning cheklangan narxini, hajmi va dislokasiyasini belgilash bo`yicha vakolatlari bekor qilinmoqda.
Shuningdek, 2017 yil 15 noyabr kunidan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg`isi ishlatganlik uchun olinadigan soliq 50% ga qisqartirilmoqda.






