AsosiyJamiyat

​MUROJAATLARNING 80 FOIZIGA TUShUNTIRISh BERISh BILAN KIFOYaLANGAN HOKIM VAZIFASIDAN OLINDI

'​MUROJAATLARNING 80 FOIZIGA TUShUNTIRISh BERISh BILAN KIFOYaLANGAN HOKIM VAZIFASIDAN OLINDI'ning rasmi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdan tashqari bo`lib o`tgan sessiyasida tumanda qo`lga kiritilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda uchrayotgan ayrim kamchiliklar ana shunday qarorga sabab bo`ldi.

Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov feysbuk ijtimoiy tarmog`idagi o`z sahifasida bu haqda ma`lum qilgan. Viloyat hokimi sessiyada ishtirok etganlar tomonidan Sherobod tumanida uchrayotgan kamchiliklar sanab o`tilgani, xususan, joriy yilning 9 oyida davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati, ya`ni, 80 foizi faqatgina tushuntirishlar berish bilan chegaralangani, tumandagi mutasaddi idoralarda murojaatlar bilan ishlash, masalani hal etish qoniqarsiz ahvolda ekani aytib o`tilganini ma`lum qilgan.

Shuningdek, viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning ma`lum qilishicha, aholining kommunal to`lovlardan qarzdorligi yuqori darajada saqlanib qolayotgani, ichki yo`llarni ta`mirlash, tumanning eksport salohiyati past ahvolda ekani, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo`jaligida agrotexnik tadbirlarning o`z vaqtida olib borilmayotgani tuman iqtisodiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgani ta`kidlangan.

Sessiya kun tartibida ko`rilgan tashkiliy masalalar doirasida tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Abdulxakim Eshmuratov lavozimidan ozod etilgan.

Tuman faollari, deputatlar, siyosiy partiyalar vakillarining taklif va mulohazalari inobatga olinib, tuman hokimi lavozimiga shu kunga qadar Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan O`rol Abrayqulovich Boboqulov tuman hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

    Boshqa yangiliklar