Birlashgan Arab Amirliklari Rohinjadagi muhojir musulmonlarni qo`llab-quvvatlash uchun 7 million dollar ajratishini bildirdi, deya ma`lum qildi UAE Inside nashri.
Bayonot myanmalik qochoqlar muammosiga bag`ishlangan BMT konferensiyasida davlat vaziri Al Shamsiy tomonidan berildi. O`z mamlakatida repressiyadan azob chekayotgan odamlar uylarini tark etib, qo`shni Bangladeshga qochib o`tishga majbur bo`lyapti, u ham emigrantlar maqomini tan olishdan bosh tortmoqda.






