AsosiySavol-javob

HARBIY XIZMATGA ChAQIRILUVChI YO`LLANMA BILAN TEKIN DAVOLANADIMI?

'HARBIY XIZMATGA ChAQIRILUVChI YO`LLANMA BILAN TEKIN DAVOLANADIMI? 'ning rasmi

— Harbiy xizmatga chaqiriluvchiga tibbiy ko`rikdan o`tayotgan paytda aniqlangan kasalligi bo`yicha davolanishda imtiyozlar bormi? Agar tibbiy ko`rik paytida yo`llanma berilgan bo`lsa...

Zuhra Qobilova, Toshkent viloyati Bo`ka tumani

Nosir FOZILOV, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Tibbiy xizmat podpolkovnigi:

  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yildagi "O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ypysh va tinchlik davrida tibbiy guvohlantirish to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 95-son Qarori talablariga ko`ra, chaqiriluvchi ikkinchi bosqichda tibbiy ko`rikdan o`tayotganda (viloyat yoki shahar mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi doimiy faoliyat yurituvchi tibbiy komissiyadan) biron-bir kasallik bo`yicha bahs talab holat yuzaga kelsa, viloyat yoki shahar mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari tomonidan imzolangan yo`llanma bilan Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy-tibbiy komissiyaga yuboriladi.

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy-tibbiy komissiyasida (Mudofaa vazir­ligi Markaziy harbiy klinik gospitali bosh mutaxassislari bilan birgalikda) chaqiriluvchi tibbiy tekshiruvdan bepul o`tkaziladi. Chaqiriluvchilarniig Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy davolash muassasalarida imtiyozli davolanishlari ko`zda tutilmagan.

    Boshqa yangiliklar