AsosiyJamiyat

XORAZM VILOYaTIDA YO`LNI KESIB O`TAYoTGAN PIYoDANI POEZD URIB YuBORDI

'XORAZM VILOYaTIDA YO`LNI KESIB O`TAYoTGAN PIYoDANI POEZD URIB YuBORDI'ning rasmi

Xorazmning Xazorasp tumanida 28 yoshli yigitni ehtiyotsizlik natijasida poezd urib ketdi, deya ma`lum qildi Xorazm viloyat IIB.

Xabarda aytilishicha, Xazorasp tumanida yashagan 1989 yilda tug`ilgan Q. Bobur 14 oktyabr kuni tungi paytda Xazorasp tumani hududidan o`tgan temir yo`lni piyoda kesib o`tishda e`tiborsizlikka yo`l qo`yishi oqibatida poezd urib yubordi va olgan tan jarohati tufayli hodisa joyida vafot etdi.

IIB vakillari fuqarolarga: «Hurmatli fuqarolar, bugungi kunda, aholining uzog`ini yaqin qilish hamda ular uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida turli yo`nalishlarda tezyurar poezdlarning qatnovi yo`lga qo`yilishi kutilayotganligi sababli temir yo`llarimizda harakatlanayotgan poezdlarning soni va tezligi sezilarli darajada ortadi. Shu bois temir yo`l kesishmalarida va temir yo`llarga yaqin joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilsak, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan turli baxtsiz hodisalarning oldi olinadi», deb murojaat qildi.ᅠ

    Boshqa yangiliklar