AsosiyJamiyat

​RAMZAN QODIROV O`ZBEKISTONDAGI XASTIMOM MAJMUASIGA TAShRIF BUYuRDI

Rossiya Federasiyasining Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov 16 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi, deb yozadi O`zA.

Ramzan Qodirov Hazrati Imom (Xastimom) majmuasiga tashrif buyurdi. Mehmonga majmua tarkibidagi Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Mo`yi Muborak madrasalari, Tilla Shayx va Namozgoh masjidlari kabi tarixiy obidalar, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan hududda amalga oshirilgan keng ko`lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida ma`lumot berildi.

Checheniston rahbari Mo`yi Muborak madrasasida saqlanayotgan Usmon Mushafini ko`rdi.

Mehmon O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlari idorasi raisi bo`lib ishlagan, mashhur islomshunos olim Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qabrini ziyorat qildi.

Delegasiya a`zolari "Artel Engeneering" mas`uliyati cheklangan jamiyati mahsulotlari ko`rgazmasini ko`zdan kechirdi. “Gold Dried Fruits Export” mas`uliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishdi.

Shuningdek, mehmonlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar