O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Sooranbay Jeenbekovni Qirg`iziston Respublikasi prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqida O`zbekiston TIV xabar berdi.
«Sizning g`alabangiz chuqur tuzilmaviy islohotlar va mamlakatdagi o`zgarishlar, aholi farovonligini yanada oshirish, jamiyatda tinchlik, barqarorlik va totuvlikni ta`minlash, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini mustahkamlashga qaratilgan reja va dasturlaringizning qardosh Qirg`iziston xalqi tomonidan keng qo`llab-quvvatlanishidan dalolat beradi», – deya ta`kidlanadi O`zbekiston rahbari maktubida.
Qayd etilishicha, O`zbekiston o`zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga katta e`tibor qaratmoqda va xalqlar farovonligi yo`lida ko`p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun barcha zarur sa`y-harakatlarni yo`naltirishga tayyor.
«Men so`nggi yilda erishilgan yuqori darajadagi konstruktiv siyosiy muloqot va tomonlarning mavjud muammolarni hal qilish uchun o`zaro hurmat hamda umumiy manfaatlarni hisobga olish prinsiplari asosida ish olib borishi yanada rivojlanishiga ishonchim komil», – deya ta`kidlanadi maktubda.
O`zbekiston prezidenti Sooranbay Jeenbekovga mustahkam sog`lik va yangi ma`suliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar, Qirg`iziston xalqiga esa – tinchlik va farovonlik tilagan.






