AsosiyJamiyat

​“OLTIN QALAM” MUKOFOTI BUYuK BRITANIYaLIK MUALLIFGA TOPShIRILDI

'​“OLTIN QALAM” MUKOFOTI BUYuK BRITANIYaLIK MUALLIFGA TOPShIRILDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining London shahridagi Elchixonasida Jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XII Milliy mukofoti xalqaro tanlov hay`atining qaroriga binoan Buyuk Britaniyaning etakchi nashriyotlaridagi qator turizm va sayyohlikka bag`ishlangan maqolalar va “Samarqand” kitobining muallifi Karolina Pinkga (Eden) tantanali topshirildi.

U O`zbekiston va Buyuk Britaniya o`rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, Britaniya turistlarining mamlakatimizga bo`lgan qiziqishini qondirish, qadimiy tarixini, arxitektura va boshqa diqqatga sazovor joylarni ommalashtirishga qaratilgan ahamiyatli hissalari uchun mukofotlangan.

Karolin Eden o`zining faoliyatiga e`tibor qaratgani uchun mukofot tanlov hay`atiga o`z minnatdorchiligini bildirdi. Shu bilan birga, O`zbekistonning o`ziga xos madaniyati va boy tarixiy merosini chuqur o`rganish, uning xalqlar o`rtasidagi muloqotni, umuman olganda, jahon sivilizasiyasini rivojlanishiga hissa qo`shgan Buyuk ipak yo`lini shakllanishidagi o`rniga Britaniya va G`arb jamoatchiligining qiziqishi ortayotganini alohida ta`kidladi.

“So`nggi paytlarda O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli o`zgarishlar, shuningdek, mamlakatning jahonda turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilayotgan e`tibor O`zbekiston sayyohlik olamida o`z o`rnini egallashga intilayotganini ko`rsatadi”, – dedi Karolin Eden.

Yozuvchi O`zbekistonga bo`lgan alohida munosabati va “Samarqand” kitobini nashr etishdagi muvaffaqiyatini inobatga olib, kelgusi yili “Dastarxan” deb nomlangan yangi kitob yozishni rejalashtirmoqda. Ushbu kitob O`zbekistonning noyob an`analari va tarixiga bag`ishlanadi.

    Boshqa yangiliklar