Uch nafar xitoylik ayol muvaffaqiyatsiz plastik jarohlik natijasida Janubiy Koreya aeroportida qiynchiliklarga duch kelishdi, deya xabar berdi Daily Mirror nashri.
Xabarda aytilishicha, uch ayol Shimoliy Koreyada kuzning "Oltin haftasi" bayrami arafasida beriladigan ta`tilda plastik jarrohlikni amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaga yo`l olishgan.
Plastik jarrohlikdan so`ng ayollarning yuzlari shishib ketib, pasportlaridagi suratlariga muvofiq kelmay qolgan. Aeroportda Janubiy Koreya immigrasiya xizmati uch nafar ayolni mamlakat chegarasida ushlab qoldi. Ayollar qo`llarida xujjatlari bilan immigrasiya xizmatining javobini kutishmoqda.
Boshlari bintlangan xitoylik ayollarning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.







