Italiyalik yozuvchi va san`atshunos Vittorio Sgarbining aytishicha, agar uning «Tug`ilish» partiyasi saylovlarda g`alaba qozonsa va o`zi mamlakat bosh vaziri bo`lsa, unda «Yuventus» va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffonni sport vaziri etib tayinlaydi.
«... Buffon bizning partiyamiz rejalariga qiziqish bildirgan. Buffonning o`rnida bo`lganimda o`z rejalarim haqida ma`lum qilgan bo`lardim», — deya Sgarbining so`zlaridan iqtibos keltirgan Football Italia nashri.
Eslatib o`tamiz, Italiyada parlament saylovlari 2018 yilning bahorida bo`lib o`tadi.






