AsosiySavol-javob

KIShI BOShIGA GAZ BALLONINING ME`YoRI QANChA?

'KIShI BOShIGA GAZ BALLONINING ME`YoRI QANChA?'ning rasmi

— Mahalladan suyultirilgan gaz tarqatilyapti. Suyultirilgan gaz ballonlarining kishi boshiga me`yori qancha?

S.Yo`ldoshev, Buxoro viloyati, Rishton tumani

Muratilla BOShMANOV, “O`ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv raisi o`rinbosari:

— Bugungi kunda respublika bo`yicha bir odamga suyultirilgan gaz miqdorini ajratish ShNQ "Shaharsozlik normalari va qoidalari" 2.0408-13. "Gaz ta`minoti loyiha me`yorlari" bo`yicha 3.19 bandi, 2 jadval asosida markaziy issiqlik ta`minotiga qarab, bir oyga bir odamga 7,5 kg, 10,5 kg va 10,9 kg hisobida belgilangan bo`lib, bugungi kunda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan respublika aholi xonadonlari uchun ajratilgan resurslar miqdoridan kelib chiqqan holda xonadonlarga suyultirilgan gaz etkazib berilmoqda.

Shuningdek, ushbu mahallalar aholi xonadonlariga tegishli filiallar tomonidan ijara shartnomasi asosida gaz ballonlari etkazib berilayotganligini ma`lum qilamiz.

    Boshqa yangiliklar