Andijon viloyati Andijon shahrining Zaxriddin Muhammad Bobur bog`ida Andijon viloyati IIB ichki ishlar organlari tayanch punktlarining 120 nafar profilaktika inspektorlarini qasamyodga keltirish marosimi bo`lib o`tdi.
Tadbir davomida ularga xizmat uylari va imtiyozli ravishda berilayotgan shaxsiy avtomashinalar kalitini tantanali ravishda topshirildi.
O`zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi tomonidan berilgan ma`lumotlarga ko`ra, marosimda O`zbekiston Respublikasi Hukumat a`zolari, davlat boshqaruv organlari va viloyat hokimlik rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari, profilaktika inspektorlarining ota-onalari, oila a`zolari ishtirok etishdi.






