AsosiySUG'DIYONA

YuZDAGI AJINLARDAN XALOS BO`LIShNI ISTAYSIZMI?

'YuZDAGI AJINLARDAN XALOS BO`LIShNI ISTAYSIZMI?'ning rasmi

Avvalo, ajin tushirishi mumkin bo`lgan zararli odatlardan xalos bo`ling. Ya`ni:

  • qo`lni yuzga tirab o`tirmang.
  • O`tirganda gavdangizni tekis tuting, bukchaymang.
  • Taomni og`izning bir tarafida chaynamang, yo`qsa, ikkinchi taraf mushaklari bo`shashib ketadi.
  • Burningizni jiyirmang, kulganda ko`zlarni qismang, bu qiliq ko`z atrofiga ajin tushiradi.
  • Quyosh nurlaridan himoyalovchi qora ko`zoynak taqing.
  • Uxlash uchun boshingiz tagiga bittadan ortiq yostiq qo`ymang.
  • Mutaxassis yordamida yuzingiz terisiga mos keladigan krem tanlang.
  • Ko`z atrofi parvarishi haqida ham unutmang. Muolaja yuzga ilk bor ajin tushishi bilan boshlanadi.
  • Yuz terisini imkon boricha yumshoqlik bilan parvarishlash zarur. Pardozlash yoki kosmetik parvarish jarayonida terini tortmang. Vositalarni engil uqalab, tepadan pastga emas, pastdan tepaga surting.
  • Teri tarangligi saqlanishi uchun ko`proq toza havoda yurish, etti soatdan kam uxlamaslik, yuz terisi mushaklari uchun mashqlar qilib turish, jismonan zo`riqmaslik, chekmaslik, uxlashdan avval to`yib ovqatlanmaslik, sport bilan muntazam shug`ullanish, parhezda tez vazn tashlamaslik kabi qoidalarga amal qiling.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar