AsosiySport

​TOShKENTDA DZYuDO BO`YIChA PARALIMPIYaChILAR O`RTASIDA JAHON KUBOGI O`TKAZILDI

'​TOShKENTDA DZYuDO BO`YIChA PARALIMPIYaChILAR O`RTASIDA JAHON KUBOGI O`TKAZILDI'ning rasmi

Toshkentda dzyudo bo`yicha paralimpiyachilar o`rtasida jahon kubogi o`tkazildi Poytaxtimizdagi "O`zbekiston" sport majmuasida dzyudo bo`yicha paralimpiyachilar o`rtasida jahon kubogi o`tkazildi, deb yozadi O`zA.

Mazkur nufuzli musobaqa O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, Milliy paralimpiya assosiasiyasi, Milliy olimpiya qo`mitasi va mamlakatimiz dzyudo federasiyasi tomonidan Xalqaro ko`zi ojizlar sport assosiasiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Nufuzli musobaqada 30 ga yaqin davlatdan kelgan polvonlar 13 vazn toifasida g`oliblik uchun kuch sinashdi. Keskin va murosasiz bahslarga boy o`tgan chempionatda Shuhrat Boboev, Sherzod Namozov, Feruz Saidov, Parvina Samandarova o`z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratib, oltin medalni qo`lga kiritdi.

Sportchilarimiz Nurbek Mirzaev, Vasila Aliboeva, Sevinch Salaeva kumush medalni qo`lga kiritgan bo`lsa, Sharif Xalilov, Shirin Sharipov, Feruzaxon Yusupova, Gulruh Rahimova bronza medal bilan taqdirlandi.

Chempionatda O`zbekiston terma jamoasi 4 oltin, 3 kumush va 4 bronza medalni qo`lga kiritib, umujamoa hisobida birinchi o`rinni egalladi.

    Boshqa yangiliklar