AsosiySavol-javob

BOLA PULINI OLISh UChUN MAHALLAGA QANDAY HUJJATLAR BERISh KERAK?

'BOLA PULINI OLISh UChUN MAHALLAGA QANDAY HUJJATLAR BERISh KERAK?'ning rasmi

— Ikkiyoshgacha bola parvarishiga beriladigan nafaqani olish uchun 6 oydan buyon hujjat to`playman. Mahalla raisi aytgan hujjatni olib borsam ham, har gal boshqasini aytadi. Farzandim ham olti oylik bo`lib qoldi. Yana shunday ovvaragarchilik davom etsa, ikki yoshga ham kiradi. Aslida 2 yoshgacha to`lanadigan bola pulini olish uchun mahallaga qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?

Nurmuhammad Egamberdiev, Qashqadaryo viloyati, G`uzor tumani

A.Mirzajonov, Fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha respublika kengashi raisining o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizomning III-bob, 12-bandiga asosan bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro`yxatdan utish) joyi buyicha fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig`i yoki boshqa muomlaga layoqatli oila a`zosining yozma arizasi asosida, shuningdek, bola parvarishi bo`yicha nafaqa bolaning onasi yoki uning o`rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Nizomning 13-bandiga muvofiq ariza fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organi raisi nomiga beriladi.

Arizaga quydagilar ilova qilinadi:

  • oilaning tarkibi va daromadlar to`g`risidagi ma`lumotlar hamda ushbu daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
  • bolali oilalarga nafaqa yoki bola parvarishi bo`yicha nafaqa olish uchun bolalarning tug`ilganlik guvohnomalari nusxalari;
  • agar bolalar vasiylikka olingan bo`lsa — vasiylik va homiylik organining qaroridan ko`chirma.

Bundan tashqari, moddiy yordamga ehtiyojmandlik to`g`risidagi arizaga, ariza beruvchining xohishiga ko`ra, oilaning ehtiyojmandligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo`yicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordamni olish istagi bo`lgan oydan oldingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay beriladi.

    Boshqa yangiliklar