"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasi qahramoni - taomnomani yangilab turish maqsadida “ijodxona”da yangi taomlar borasida “kashfiyot” qilishni xush ko`ruvchi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor RAHIMXON baliqli “duet” taomi bilan “Palete” restorani oshpazi Dmitriy Vinogradovni ham lol qoldirdi...
Zarur masalliqlar:
- 100 gr. syomga balig`i,
- 100 gr. sudak balig`i.
Sous uchun zarur masalliqlar:
- 2 qoshiq tuyilgan ismaloq,
- 100 gr. qaymoq,
- 50 gr. saryog` yoki o`simlik yog`i.
Bezak uchun zarur masalliqlar:
- 3 qoshiq mayonez,
- yarimta lavlagi,
- 1 ta daykon (koreys rediskasi),
- 1 ta kabachki,
- 2 ta cherri pomidori,
- yarimta limon.
Tayyorlanishi:
1-jarayon:
Baliq tuz va murch bilan marinadlanadi.

2-jarayon:
Qizigan tovaga pergament qog`ozini qo`yasiz va baliqni solib, baland olovda 5 daqiqa qovurasiz.



Oz vaqtligiga ajablanmang, chunki bu tez pishadigan baliq turiga kiradi.
3-jarayon:
Baliqni likopchaga solib, bezak beramiz. Lavlagining sharbati mayonez bilan aralashtiriladi.


Va maxsus qolipchaga solib, likopchaning chetiga shakllar chiziladi.



Cherri pomidori ikkiga bo`linadi, daykon, kabachki, limonni parrak shaklida to`g`rab, didingizga qarab bezatasiz.Kabachkining bir qismini yog`da qovurib olasiz.





Sous tayyorlash:
Saryog` yoki o`simlik yog`ida ismaloq ikki daqiqa davomida past olovda qovuriladi.



Ustiga qaymoq solib aralashtiriladi. Masalliq quyilsa, bilingki, sous tayyor.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV






