"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasi qahramoni - “Parizod” raqs ansambli baletmeystri PARIZODA yozgi mavsumda yangi resept o`rganish maqsadida “Palet” restorani oshpazi Nilufar Samadovaga murojaat qildi. Salat resepti bilan siz ham tanishishingiz mumkin.
Zarur masalliqlar:
- 80 gr. lahm mol go`shti,
- 2 dona cherri pomidori,
- salat bargi, rukkola,
- 6 dona zaytun,
- ta`bga ko`ra tuz, murch,
- zaytun yog`i, 10 gr. soya.
- 2 dona rediska,
- 1 ta kabachki,
- 40 gr. pishloq.
Bezak uchun zarur masalliqlar:
Tayyorlanishi:
1-jarayon:
Go`shtni o`rtacha kattalikda kesib, oz miqdordagi zaytun yog`ida qovurib olinadi.



2-jarayon:
Cherri pomidori to`rtga, zaytun donachalari ikkiga bo`linadi.



Salat bargi, rukkola o`rtacha kattalikda to`g`raladi.
2-jarayon:
Masalliqlar bitta idishga solinib, soya va tuz, murch bilan aralashtiriladi.


1-jarayon:
Kabachki uzunasiga ingichka qilib kesiladi va trubka shaklida o`rab chiqiladi.

2-jarayon:
Likopchaga solingan salatni ustini did bilan bezab chiqiladi.


Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV






