AsosiySUG'DIYONA

ZIYoDAdan mevali desert va kokteyl

'ZIYoDAdan mevali desert va kokteyl'ning rasmi

"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasi qahramoni - iste`dodli xonanda Ziyoda QOBILOVA uydagilarini mazali taomlar bilan siylashda borasida mohir desak ishonasizmi? Bugunga qadar xonandaning ijod “oshxona”sidan boxabar edingiz, endi esa Ziyodaning beka sifatidagi mahoratidan ham xabardor bo`lasiz. “Palet” restorani oshpazlari Sardor Onorov, Artur Kim Ziyodaning oshxonadagi mahoratiga tan berishdi...

Mevali desert uchun zarur masalliqlar:

  • 1 tadan banan, apelsin,
  • 1 bo`lak konservalangan ananas,
  • 1 tadan nok, shaftoli, kivi,
  • 1 tadan qizil, yashil olma,
  • 100 gr. qaymoq, ta`bga ko`ra qand upasi.

Bezak uchun:

  • 5-6 dona malina yoki shotut, yalpiz.
  • 20 gr. kokos siropi,
  • 240 gr. ananas sharbati,
  • 20 gr. qaymoq va 150 gr. muz

Tayyorlanishi:

1-jarayon:

Banan, konservalangan ananas, apelsin, shaftoli, kivini po`stlog`idan tozalanadi. Mevali desert rang-barang chiqishi uchun esa qizil va yashil olma, nokni po`sti qoldiriladi. Hamma mevalar o`rtacha kattalikda to`rtburchak shaklda to`g`raladi.

Qaymoq hamda qand upasi, ta`bga ko`ra muzqaymoq solib mikserda aralashtiriladi, tayyor massa mevalarning ustidan quyiladi va sekin aralashtiriladi.

Desertni didingizga ko`ra malina, shotut yoki yalpiz bilan bezatishingiz mumkin.

Kokteyl uchun zarur masalliqlar:

Bezak uchun:

  • 1 bo`lak kivi va olcha yo gilos, limon, shakar yoki kokos kukuni

Tayyorlanishi:

1-jarayon:

Uy sharoitida 1 litrlik bankaga muz, kokos siropi, ananas sharbati, qaymoq solib, muz eriguncha 5 daqiqacha chayqatasiz.

So`ng 1 daqiqa tindirasiz.

2-jarayon:

Kokteyl solinadigan bokalning atrofini limon bilan artasiz.

Va shakar yoki kokos kukniga botirib olasiz.

3-jarayon:

Bokalga kokteyl quyib,

chetiga bir bo`lak kivi va gilos yoki olcha bilan bezatiladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Boshqa yangiliklar