Quyidagi savollarga javob bering va bilimingizni sinovdan o`tkazing.
Bo`ksa uchun foydali mahsulot nima?
Banan;
Apelsin;
Olma;
Єora olxo`ri.
Javobi – olma . Tushlikka 15 daqiqa qolganida bitta olma eb olsangiz, taomlanganda ishtahangizni nazorat qilolasiz.
Qaysi sabzavot metabolizm jarayonini faollashtiradi?
Bulg`or qalampiri;
Єo`ziqorin;
Kartoshka;
Brokkoli.
Javobi – bulg`or qalampiri. Ma`lumotlarga ko`ra, qizil bulg`or qalampiri qo`shilgan taom va eguliklar metabolizm jarayonini 25 foizga faollashtiradi.
Qaysi mahsulot bo`ksa sohasiga ta`sir etmaydi?
Pomidor (jumladan, pastasi ham);
Yasmiq doni (chechevisa)
Kartoshka;
Kuskus ziravori.
Javobi – yasmiq doni. Tarkibida rezisten kraxmal va turli to`qimalar bor. Shuni hisobiga qorinni to`q tutib, ortiqcha eb yubormaysiz.
Dukkakli mahsulotlarning qay birida yog` miqdori kamroq?
No`xat;
Єaynatilgan loviya;
Dimlangan loviya;
Mosh.
Javobi – hammasi to`g`ri. Dukkakli don mahsulotlari tarkibida yog` miqdori juda kam. Ammo to`g`ri tayyorlanganda qorinni to`q tutib, ochlik hissi uzoq bezovta qilmaydi.
Єaysi ichimlik organizm faoliyatini stimullashtiradi?
Єora choy;
Ko`k choy;
Zanjabil qo`shilgan choy;
Yalpizli choy.
Javobi – ko`k choy. Tarkibida polifenol katexin moddasi bo`lib, bosh miya faoliyatini kuchaytiradi. Bu esa aqliy faollikni oshirib, organizmning yalqovlanishiga yo`l qo`ymaydi.
Єaysi mahsulot qomatga zarar emas?
Sut;
Єatiq;
Muzqaymoq;
Pishloq.
Javobi – qatiq. Ochiqqaningizda bir piyola qatiq iste`mol qilib, organizmingizni ortiqcha yog`lardan himoya etasiz.
Dengiz mahsulotlari orasida qaysi biri kam miqdorda yog`li sanaladi?
Krevetkalar;
Ustrisa;
Krab;
Losos balig`i.
Javobi – losos balig`i. Tarkibidagi omega-3 yog` kislotasi organizmdagi leptinni parchalaydi. Bu esa, o`z navbatida, teri yog` qatlamini yupqalashtiradi.






