AsosiySUG'DIYONA

JENISBEK PIYaZOVDAN TEZ TAYYoRLANADIGAN GO`ShTLI TAOM

'JENISBEK PIYaZOVDAN TEZ TAYYoRLANADIGAN GO`ShTLI TAOM'ning rasmi

"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasining qahramoni nafaqat ijodda, balki oshxonada ham o`z ishining ustasi. Ikki yil Germaniyada yashaganida italyan taomlarini tayyorlashni o`rgangan ekan. Shu bois uy bekalarining vaqtini olmaydigan, tez pishar go`shtli taom tayyorlashni o`rgatishga qaror qildi. O`zbekiston va Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan artist Jenisbek PIYaZOVning ishini “Palet” restorani oshpazi­ ­Eldor BEGMATOV munosib baholadi...

Zarur masalliqlar (1 kishi uchun):

►180 gr. mol go`shti,

►60 gr. kurka go`shti

(indeyka),

►1 ta kartoshka,

►rayµon bargi, tuz, murch,

►50 gr. zaytun yog`i.

Bezak uchun:

►Salat va “aysberg” bargi, cherri pomidori.

Sous uchun zarur masalliqlar:

►3 ta tuxum,

►1 litr o`simlik yog`i,

►100 gr. xantal,

►50 gr. vinoli sirka,

►Limonning to`rtdan biri,

►Tuz, shakar, qora murch.

1-jarayon:

— Mol go`shtini halqa shaklida kesib olib, bolg`acha bilan urib yumshatiladi.

So`ng ta`bga ko`ra tuz, murch sepiladi.

Ustiga doira shaklida kesilgan kurka go`shti va rayhon bargi qo`yib, maxsus cho`p bilan masalliqlar birlashtiriladi.

Rayhon bargi taomga o`zgacha ta`m beradi.

2-jarayon:

— Zaytun yog`i solingan tovada go`shtning ikki tomoni ham qovuriladi.

Go`sht 7 daqiqada pishadi. Uzunchoq shaklda to`g`rab, tuzlangan kartoshka ham qovuriladi.

3-jarayon:

— Taom likopchaga solinadi.

Chetiga zaytun yog`i, tuz bilan aralashtirilgan salat va “aysberg” bargi, cherri pomidori did bilan bezatiladi.

Sous tayyorlanishi:

— Tuxum, xantal, vinoli sirka, limon, tuz, shakar, qora murchni bitta idishga solib, mikserlanadi. Masalliq quyilishni boshlaganida oz-ozdan o`simlik yog`i solib, tayyor holga kelguniga qadar mikserlanadi.

JENISBEKDAN FOYDALI MASLAHATLAR

◘ Oshpazlarning tavsiyasiga ko`ra har bir oshxonada 6 ta taxtacha bo`lishi shart ekan. Ular: tovuq, baliq, go`sht mahsulotlari, qaynatilgan sabzavotlar, non va mevalar uchun.

◘ Bananni boshqa mevalar bilan birga saqlamang. Hatto bir to`p bo`lib turgan bananlarni ham bir-biridan alohida joylang. Yo`qsa, o`zidan chiqaradigan gaz orqali tez qorayib qoladi.

◘ Tovaning ichi­ qiril­gan­ bo`lsa, masal­li­g`in­giz albat­ta kuyadi.­

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Boshqa yangiliklar