Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Professional tennischilar uyushmasi (ATR) tomonidan Xitoyda o`tkazilgan xalqaro turnirning bosh sovrinini qo`lga kiritdi.
Nufuzli turnirning dastlabki bahsida Denis germaniyalik Yan-Lennard Shtruff, ikkinchi davrada rossiyalik Karen Xachanov, chorak finalda AQSh vakili Jared Donaldson va yarim finalda yaponiyalik Yuiti Sugitani mag`lubitga uchratib, final yo`llanmasini qo`lga kiritdi, deb xabar berdi uza.uz sayti.
Final bahsida D.Istomin kiprlik Markos Bagdatisga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvning birinchi setida 3:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan Markos o`yinni to`xtatdi va mag`lubiyatni tan oldi.
Shu tariqa Denis Istomin final uchrashuvida g`alaba qozonib, ATR reytingining 250 ochkosini qo`lga kiritdi.






