Zarur masalliqlar: 200 gr. qovoq, 100 gr. mol go`shti, 2 ta sholg`om, bitta pomidor, 1 bosh piyoz, 2-3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, 1 osh qoshiq tomat, yarim choy qoshiq asal, garmdori, ziravorlar.
Tayyorlanishi: 1. Barcha masalliqlarni to`rtburchak shaklda to`g`rang. Qizdirilgan o`simlik yog`ida go`shtni biroz qovurgach, piyozni soling. Piyoz tilla rangga kirgach, qovoq va sholg`omni qo`shing. Biroz qovurgach, ozgina qaynatilgan suv va tuz solib, olovni pasaytiring.
2. Maydalangan sarimsoqpiyoz, ziravorlar, soya sousi, asal va tomatni taomga qo`shib, olovni pasaytiring-da, 15 daqiqa dimlang.
3. Taom tayyor bo`lgach, dimlangan guruch bilan dastruxonga tortishingiz mumkin.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
4 kishilik.






