Las-Vegasda yuz bergan otishma oqibatida ikki kishi o`ldirildi, 70 kishi yaralandi. Hodisa Mandalay Bay ko`ngilochar markazidagi kantri-musiqa konserti vaqtida yuz berdi. Jinoyatchi mehmonxonaning 32-qavatidan odamlarga qarata yuzlab o`q uzdi.
OAV ma`lumotlariga ko`ra, otishma Samyuel Xayd ismli shaxs tomonidan amalga oshirilgan. Jinoyatchi qo`lga olingan. Yaradorlarni Las-Vegas shifoxonasiga joylashtirishgan. Yuzlab kishi evakuasiya qilingan.
Fojia yuz bergan joydan bir necha yuz metr uzoqlikda joylashgan Mak-Karran xalqaro aeroporti faoliyatida o`zgarishlar kuzatilishi mumkinligini ma`lum qildi.






