AsosiyHi-tech

JISMONIY NUQSONI BOR BEMORLARGA HAYoT HADYa ETAMIZ

'JISMONIY NUQSONI BOR BEMORLARGA  HAYoT  HADYa ETAMIZ'ning rasmi

Qon tomirlari inson organizmining eng muhim bo`g`ini hisoblanadi. Eng jiddiy kasalliklar ham shu bilan bog`liq bo`ladi. Rossiya fanlar akademiyasi hamda Novosibirsk davlat universiteti Sibir instituti filiali hamkorlikda bu borada yangilik, ya`ni “Sun`iy tomir” yaratishga erishishdi...

Endilikda bu boradagi kasalliklarning oldini olish yoki davolash mumkin bo`ldi. Mazkur sun`iy tomir haqiqiy tomirdan unchalik farq qilmaydi. Bu tibbiyot ixtirosini dastlab kemiruvchilarda sinab ko`rildi va ajoyib natijaga erishildi. Hozirgacha tibbiyot sohasida bu kabi ixtiro yaratilmagandi, deya ta`kidlanmoqda.

Anna SMIRNOVA, ixtiro etakchisi:

— Biz inson qon tomirlari bo`yicha muammolarni va turli kasalliklarni bartaraf etish maqsadida bir necha yil izlanishlar olib bordik va nihoyat “Sun`iy tomir” yaratishga erishdik. Endilikda jismoniy nuqsoni bor bemorlarga hayot hadya eta olamiz hamda yallig`lanish, tromboz, immunopatologik jarayonlarning xavfi kamayishiga zamin yaratamiz.

Bu ixtiro boshqa mamlakat tibbiyot olimlari tomonidan munosib kutib olindi va 2018 yildan odamlarga sun`iy tomirlar qo`yish boshlanishi ma`lum qilindi. Bu esa o`z navbatida ko`plab bemorlarga hayot baxsh etadi.

    Boshqa yangiliklar