H.YuSUPOV, Surxondaryo viloyati, Sho`rchi tumani
Sherzod MAHMUDOV, shifokor-trixolog:
— Soch to`kilishini to`xtatish uchun avvalo uni keltirib chiqargan sabablar aniqlanishi lozim. Bu holat buqoq kasalligi, vitaminlar etishmasligi hisobiga yoki kimyoviy preparatlarni uzoq muddat qabul qilish asoratida kelib chiqishi mumkin. Maslahatim, soch ildizini mustahkamlash uchun turli choralarni qo`llamay, avval qizingizni tibbiy tekshiruvdan o`tkazing. Aniqlangan muammoga qarab kerakli muolaja usuli tayinlanadi. Davo choralari fiziomuolaja bilan birgalikda olib boriladi.






