AsosiyHi-tech

UShBU QURILMA ShIFOKOR QABULIGA NAVBAT KUTIShGA ChEK QO`YaDI!

'UShBU QURILMA  ShIFOKOR QABULIGA NAVBAT KUTIShGA ChEK QO`YaDI!'ning rasmi

Ilm-fan taraqqiyoti natijasida tibbiyot sohasida bo`layotgan yangiliklar kundan-kunga­ takomillashib bormoqda. Yaqinda Belgiya kompa­niyasi bemorlar uchun shifokor qabuliga kirishdan oldin dastlabki tibbiy ko`rikdan o`tish qurilmasi — “BeWell”ni yaratishdi...

Bu qurilma orqali shifokor qabuliga tashrif buyurgan bemorlar o`z vaqtlarini foydali ishlarga sarflaydilar. Endi bemorlar navbatlarini kutib koridorda ro`yxatlarga termilib o`tirmaydilar, aksincha shifokor qabuliga kirgunga qadar ularning qon bosimi, vazni, tomir urishini tekshirish kabi birlamchi tibbiy ko`riklarni “BeWell” deb nomlanuvchi qurilma bajaradi.

“BeWell” to`la-to`kis ixtisoslashtirilgan, shuning uchun ham u o`z ishlarini boshqalarning yordamisiz bajara oladi. Bularning hammasi uchun unga uch daqiqa kifoya. Buni qanday uddalaydi deysizmi? Bu juda oddiy. Ko`rikdan o`tish uchun “BeWell” qurilmasi yoniga o`tirib, unga tibbiy kartangiz ID-nomerini kiritasiz, so`ngra qo`lingizni qon bosim o`lchaydigan qurilma ustiga qo`yasiz. Tibbiy kartangizning ID-nomerini kiritishingiz zahoti qurilma faollashadi va siz o`zingizning sog`ligingiz haqidagi ma`lumotlarni uch daqiqada bilib olasiz.

Bu qurilmaga ko`plab kompaniyalar katta qiziqish bildirishmoqda. Hozirda “BeWell” qurilmasini yanada takomillashtirish ustida ishlanmoqda, ya`ni unga qand miqdorini o`lchash, qon guruhini aniqlash, qon tahlili kabi yangi funksiyalar qo`yilmoqda. Ixtirochilarning ta`kidlashlaricha, “BeWell” qurilmasining narxi 8000 dollar deb baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar