AsosiySUG'DIYONA

KASALLIKKA ChALINMASLIK UChUN 5 TAVSIYa

'KASALLIKKA ChALINMASLIK UChUN 5 TAVSIYa'ning rasmi

1. Qo`llaringizni yuving!

Bu qoida hammaga ma`lum. Qo`lingizni yuvishning iloji bo`lmasa, albatta nam salfetka bilan bo`lsa-da arting. Viruslar tashqi muhitda bir necha soat yoki kun yashashi mumkinligini unutmang.

2. Ko`proq sayr qiling!

Xonani tez-tez shamollatib turing. Ko`proq vaqtingizni toza havoda o`tkazishga harakat qiling. Xona havosi o`zgartirilmasa, undagi mikroblar miqdori oshib boraveradi. Uy issiqligi — kasallikdan muhofaza, degani emas. Issiq xonada burun shilliq pardalari quruqlashadi va organizmga virus tushishi osonlashadi.

3. Ertalabki badantarbiya

Ertalab albatta faol harakatlar qiling va chuqur-chuqur nafas oling. Nafas olish natijasida qonga kislorod tushishi osonlashadi va modda almashinuvi yaxshilanadi. Organizmning viruslarga qarshilik ko`rsatishini ko`chaytiradi.

4. Sigareta tutunidan nafas olmang!

Bolalar ham sigareta tutunidan nafas olishlariga yo`l qo`ymang. Bunday tutun burun shilliq pardalarini quritib, organizmdan viruslarni haydab chiqarishga yordam beradigan nafas yo`llaridagi mitti tukchalar harakatini to`xtatadi.

5. Hordiq

Kuniga hech bo`lmaganda yarim soatga o`zingizga dam bering, o`zingiz uchun yoqimli ish bilan shug`ullaning. Ijobiy hissiyotlar natijasida organizmimizni viruslardan muhofaza qiluvchi immun tizimi faollashadi.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar