Yaqin kelajakda yo`llardagi tirbandliklar osmonda ham paydo bo`lishi mumkin...
Amerikaning PAL-V kompaniyasi mutaxassislarining ta`kidlashlaricha, ham erda, ham osmonda harakatlanuvchi avtomobillar yaqin kelajakning olamshumul ixtirosi bo`ladi. Avtomobil 100 ot kuchlanishdagi qo`shaloq elektr uzatish quvvati va dvigatelga ega. Bu esa avtomobilni erda bemalol harakatlanish va vertolyot singari havoga ko`tarilish imkonini beradi. Erda soatiga 100-160 km. tezlikda, havoda esa 3500 metr maksimal balandlikda soatiga 180 km. tezlikda harakatlanish imkoniyatiga ega.
Avtomobil 160 km. tezlikka 9 soniyada chiqa oladi. Amerikaning PAL-V kompaniyasi allaqachon bu turdagi avtomobillar uchun buyurtmalar qabul qilishni boshlab yuborgan. Avtomobilga buyurtma berish va bunday mo``jizaviy mashinaning boshlang`ich narxi 400.000 dollardan 600.000 dollargacha ekanligi aytilmoqda. Bu ixtironi odamlar “XXI asr mo``jizasi” deya ta`riflashmoqda. Chunki bunday imkoniyatdagi avtomobillarni faqat fantastik kinolarda ko`rishimiz mumkin edi.






