Turkiya shimolidagi Rize shahrida yuz bergan suv toshqini oqibatida bir kishi halok bo`ldi.
Ma`lum bo`lishicha, suv toshqini kuchli yog`ingarchilikdan so`ng yuz bergan. Suv toshqini shahar va qishloqlarni bog`lovchi yo`llarga zarar etkazdi.
Dushanba kuni boshlangan kuchli yomg`ir hafta ohirigacha davom etishi kutilmoqda.
Ayni damda yog`ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.






