YaNGI UChASTKA UChUN ER SOLIG`INI TO`LAYMANMI?
Menga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun 6 sotixli uchastka ajratildi, soliq idorasi undan er solig`ini to`lashimni talab qilmoqda. Bu talab to`g`rimi?
Farruxjon Fayziev, huquqshunos:
- Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishni amalga oshiruvchi organning er uchastkalarining maydoniga doir ma`lumotlari soliq solinadigan baza hisoblanadi, unda sizga berilgan er uchastkasi to`g`risida ham ma`lumotlar bo`ladi.
Agar sizga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida yangi er uchastkasi berilgan bo`lsa, u berilgan oydan keyingi oydan e`tiboran 2 yil muddatda er solig`i to`lamaysiz (Soliq kodeksi 290-moddasi birinchi qismining 10-bandi).






