Xitoyning Ankan shahridagi kuchli yomg`ir oqibatida 27 mingdan ziyod kishi evakuasiya qilindi.
Yog`ingarchilik oqibatida besh kishi halok bo`ldi, yana to`rt kishi bedarak yo`qoldi.
Shahar toshqinga qarshi kurashish shtabining ma`lumotlariga ko`ra, yomg`ir 2000 ta uyga va 12 ming gektardan ortiq qishloq xo`jaligi ekinlariga ziyon etkazdi. Iqtisodiy zarar miqdori 80 million dollarni tashkil etdi.






