AsosiyHi-tech

YoQILG`I TO`LDIRIShGA HOJAT QOLMAYDI

'YoQILG`I TO`LDIRIShGA HOJAT QOLMAYDI'ning rasmi

Italiyalik tadqiqotchilarning HySolarKit deb nomlangan kashfiyoti endi mashinalarga yoqilg`i to`ldirish va turli quyosh panellarini o`rnatish kabi muammolarni bartaraf etadi. Qanday qilib deysizmi?

Mazkur loyiha rahbari Salerno universitetining professori Janfranko Risso ixtiro haqida shunday deydi:

— Biz ixtiro qilgan qurilmani odamlar mashinalarining old g`ildiraklariga o`rnatishadi va mashinaning g`ildiraklari aylanishi bilan elektr energiyasi ishlab chiqarila boshlaydi. Shu bilan akkumulyatorga elektr energiyasi yig`iladi. Old g`ildirakda hosil bo`lgan elektr energiyasi orqa g`ildirakka yo`naltiriladi, qarabsizki, mashinangiz o`z-o`zini zaryadlab harakatlanadi.

Qurilma orqali avtomobil soatiga taxminan 2kVt energiya ishlab chiqaradi. Bu esa avtomobil harakatlanishi uchun ayni muddao. Bu qurilmadan barcha turdagi avtomobillarda foydalanishlari mumkin.

Universitetning laboratoriya xodimi Dario Marrning ta`kidlashicha, HySolarKit deb nomlangan mazkur qurilmaning bahosi 3.000 evro bo`ladi. Kashfiyotchilar ushbu qurilma ustida 3 yil tinmay mehnat qilishgan. Bu kashfiyotning foydaligi esa u orqali mashinalardan atmosferaga chiqayotgan zaharli moddalarning tarqalishi keskin kamayadi va yaqin kelajakda bu kabi muammolar bartaraf etilishiga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar