AsosiyJamiyat

​“RIShTON” ChEGARA-BOJXONA POSTI OChILDI

'​“RIShTON” ChEGARA-BOJXONA POSTI OChILDI'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Qirg`iziston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Prezident Almazbek Atamboev bilan uchrashuvi ikki davlat o`rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish kabi xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamladi.

2017 yilning 25 sentyabr kuni soat 12.00 dan boshlab Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi tasarufidagi “Rishton” chegara bojxona posti Farg`ona viloyati Rishton tumani hamda Qirg`iziston Respublikasi Qadamjoy rayoni fuqarolari piyoda harakatlanishlari uchun ochildi. Bu esa o`zbek va qirg`iz xalqlari do`stligi jipsligi hamda hamjihatligi yo`lidagi navbatdagi muhim qadam buldi.

“Rishton” chegara bojxona posti orqali hozircha fuqarolar piyoda harakatlanishlari uchun ochiq. Post ish tartibi soat 07.00 dan 19.00 ga qadar belgilandi. 25 sentyabr kuni soat 12.00 dan 15.00 ga qadar post orqali kirishga 40 dan ortiq fuqaro harakatlangan, deya xabar beradi Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar