AsosiySport

DILShOD NURALIEV VAZIFASIDAN OZOD ETILDI

'DILShOD NURALIEV VAZIFASIDAN OZOD ETILDI'ning rasmi

O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev vazifasidan ozod etildi.

Bu haqda O`FF Prezidenti Umid Ahmadjonov O`zbekiston o`smirlar termasining Osiyo chempionatiga saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin bugun, 27 sentyabr kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.

“Dilshod Nuralievning arizasini ham oldik, u kishi ishdan ketdi. Ko`p narsaga Dilshod Nuraliev sababchi. Har bir futbolchini ham o`rganib chiqyapmiz. Qaerdan kelgan, nima uchun bu musobaqaga borgan. Bundan keyin bunday holatlar takrorlanmaydi. Musobaqalarga til biladigan mutaxassislar safarda yuboriladi”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo`lib o`tgan Osiyo chempionatiga saralash bosqichidan o`ta olmagandi.

    Boshqa yangiliklar