AsosiyHi-tech

TIMELOOPER — VAQT MAShINASIDA TARIXGA SAYoHAT

'TIMELOOPER — VAQT MAShINASIDA TARIXGA SAYoHAT 'ning rasmi

Britaniya ixtirochilari yangi ajabtovur ixtironi amalga oshirdilar...

Bilamizki, Britaniya dunyodagi eng ko`p sayyohlar qadam bosuvchi maskan hisoblanadi. Britaniyada turizmni yanada rivojlantirish maqsadida ajabtovur “TIMELOOPER” deb nomlanuvchi vaqt mashinasi yaratildi. Bugungi kunga kelib ilm-fan taraqqiyoti natijasida sayyohlar binolarning o`zini emas, balki uning tarix zarvaraqlarini varaqlay olish­lari mumkin. Buning uchun sizga virtual olamni aks ettirish uchun“TIMELOOPER” kerak bo`ladi. “TIMELOOPER” vaqt mashinasi virtual tarzda unga kiritilgan ma`lumotlarga asosan belgilangan manzaraning oldingi qiyofasini ko`rsatib berish imkoniyatiga ega. Ixtirochilardan biri Endryu Faynbergning izohlashicha, “TIMELOOPER” deb nomlanuvchi vaqt mashinasi orqali sayyohlar Britaniyaning mashhur Tauer qasri minorasining o`n uchinchi asrdagi ko`rinishini hamda 800 yil oldingi shahar manzarasini ko`rishga muyassar bo`ladilar. Hozirda ixtirochilar dasturni mukammallashtirish ustida ish olib bormoqdalar. U yaqin kunlarda faqat London shahrida emas, balki boshqa o`lkalarda ham ommalashtiriladi. Dastur sayyohlarga hech qanday qiyinchilik tug`dirmaydi. Vaqt mashinasidan yil bo`yi foydalanish mumkin. Ixtirochilarning ta`kidlashlaricha, “TIMELOOPER” yaqin kelajakda Nyu-Yorkda ishlashni boshlaydi.

    Boshqa yangiliklar