AsosiySavol-javob

​IKKI QAVATLI UY QURISh UChUN QO`ShNILARNING ROZILIGI KERAKMI?

'​IKKI QAVATLI UY QURISh UChUN QO`ShNILARNING ROZILIGI KERAKMI?'ning rasmi

UYIMNI IKKI QAVATLI QILIB QURIShIM UChUN QO`ShNIMNING ROZILIGI KERAKMI?

Ikki qavatli uy qurmoqchiman. Qurgan imoratimdan kelgusida farzandlarim ham foydalanishini xohlayman. Ammo qo`shnim bunga qarshi. Qo`shnimni bunday e`tiroz ko`rsatishiga qonunan haqqi bormi?

Sh.Habibullaev, O`zbekiston Respublikasi Er Resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo`mitasi raisi o`rinbosari:

—Uy-joy qurilish ishlarini olib borishdan avval loyiha hujjati tayyorlanib, tuman arxitektura va qurilish bo`limi tomonidan kelishuvdan o`tkaziladi va bosh arxitektorning qurilishga ruxsatnomasini olish zarur.

Arxitektor ruxsat berishdan avval joyiga chiqib o`rganadi va qo`shnisiga hech qanday zarar etkazilmagan holda loyihalashtiradi. Shuning uchun ushbu masala faqat arxitektura tomonidan hal etiladi.

    Boshqa yangiliklar