AsosiySUG'DIYONA

JALYuZINI TOZALAYMIZ!

'JALYuZINI TOZALAYMIZ!'ning rasmi

Jalyuzi quruq mato va changyutkich bilan tozalab turilsa-da, yilda bir marta yuvishga to`g`ri keladi. Bu uning qanday matodan ishlanganiga ko`ra farqlanadi.

  • Matodan tayyorlangan jalyuzida maxsus himoyalovchi modda bo`lib, uni zararlab qo`ymaslik kerak. Buning uchun jalyuzi lamellari (qator pardachalari)ni echib, rulonlarga o`rab, sovunli suvga botirib qo`ying. Ularni aslo ishqalash mumkin emas. Alohida idishda toza suvda chayib, ho`lligicha osib qo`ying.
  • Yog`och, plastik va metall jalyuzilarni yuvish shart emas. Ularni quruq gubka va mato bilan (zarur bo`lsa iliq yoki sovuq suvga botirib) artib turish kifoya.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar