Turkiyaning mashhur pop-yulduzi Serdar Ortach va`dasiga binoan 25-26 sentyabr kunlari "Istiqlol" san`at saroyida o`zbek hamkasblari ishtirokida konsert dasturini taqdim etdi. Mazkur konsertga bora olmagan muxlislar uchun maxsus fotoreportajni taqdim etamiz...

Konsert dasturini O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Abdurashid Yo`ldoshev ochib berdi.

Konsertni boshlovchilar Muzaffarbek Mirzabekov o`zbek, Laziza Nazimxonova esa turk tillarida olib borishdi.

Xonanda Sardor Mamadaliev ham adashining konsertida ishtirok etdi.

Konsertning ikkinchi kuni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ziyoda Qobilova ham ishtirok etdi.

Xonanda Gulasal Abdullaeva konsertning birinchi va ikkinchi kunida ham sahnaga chiqdi.

O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni muxlislar doimgidek iliq qarshi olishdi.

Uzoq tanaffusdan so`ng so`z ustasi Obid Asomov "Istiqlol" san`at saroyini muxlislarini tesha tegmagan hazillari bilan xushnud etdi.

Konsertning ikkinchi kunida esa qiziqchi Shukrullo Isroilov tomoshabinlar yuziga samimiy kulgu ulashdi.

Nafaqat Turkiya, balki butun dunyoda mashhur bo`lgan xonanda Serdar ortach sahnaga chiqqach, zal "portladi". Serdar ikki kunlik konsert dasturida "Giybet", "Ki deli", "Mesafe", "Isim olmaz", "Karabiberim", "Ismi Lazim Degil", "Canima minnet", "Kabahat", "Beni unut", "Dansoz", "Bilsemki" kabi ommalashgan va yangi qo`shiqlarini kuyladi.



Serdar "Balım" qo`shig`ini kuylashdan avval "Uylanishdan avval sahnada raqqosalar bilan birga raqs tushardim. Endi esa bu odatimni tashladim. Qolaversa, jonim, asalim kabi so`zlarni ham rafiqamdan boshqasiga ishlatmayman", deya rafiqasini eslab o`tdi.



Konsertda O`zbekiston xalq artisti Rushana Sultonovaning "Sanam" ansambli ham ishtirok etdi.








Serdar ikki kun davomida muxlislarining rayiga qarab, dastxat ulashdi, selfi tushdi, birga kuyladi va albatta ularning mehr-muhabbati timsoli bo`lgan guldastalar va sovg`alarni qabul qilib oldi.



Tanaffus vaqtida boshlovchi Muzaffar Mirzabekov omadli muxlislarga qimmatbaho sovg`alar ulashdi.

O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning kelishi Serdar uchun chinakam sovg`a bo`ldi. Serdar sevimli xonandasidan "Sanamgina" qo`shig`ini bir necha bor kuylab berishini iltimos qildi va bu jarayonni qo`l telefoniga yozib oldi. Shuningdek, Usmonovaning "Dunyo" qo`shig`ini birgalikda xirgoyi qildi. So`ng “Diyemem” duetini kuylashdi.



Serdar ikki kunlik konserti davomida sahnada turib, barcha jarayonni telefoniga yozib, tarixga muxrladi.




Konsert so`ngida Serdar Ortach o`zbek hamkasblari bilan o`zbek tilida qo`shiq kuyladi. Rejissyor Sa`dulla Abdullaev tashkillashtirgan konsert tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.

Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV






